<a>
HTMLda <a> elementi eng muhim elementlardan hisoblanadi va havolalar yaratish uchun ishlatiladi.
Havola yaratish uchun brauzerga havolaning o'zini va havola qilinayotgan dokumentning manzilini ko'rsatish lozim. Manzilni href atributi yordamida ko'rsatiladi.
Sintaksis
<a href="manzil">...</a>
Yopuvchi teg
Bo’lishi shart
Atributlar
- coords
- Havolaning koordinatalarini belgilaydi.
- download
- Havolada ko’rsatilgan faylni yuklashni taklif qiladi.
- href
- Havola qilinayotgan dokument manzilini belgilaydi.
- hreflang
- Havola orqali ko'rsatilayotgan dokument tilini belgilaydi.
- name
- Joriy dokumentning bir qismi uchun yorliq ismini belgilaydi.
- rel
- Joriy veb sahifa hamda havolada ko’rsatilayotgan dokumentning o’zaro munosabatlarini belgilaydi.
- rev
- Joriy sahifaning havola qilinayotgan sahifa uchun ahamiyatini belgilaydi.
- shape
- Havola vazifasini o’tovchi maydonning shaklini aniqlaydi.
- target
- Havola bo’yicha ko’rsatilgan dokumentni qaysi oyna yoki freymda ochilishini belgilaydi.
- type
- Havola qilinayotgan dokument MIME-turini belgilaydi.
Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.
Misol
<!DOCTYPE HTML>
<html>
<head>
<meta charset="utf-8">
<title>А</title>
</head>
<body>
<a href="https://reference.uz">Reference.uz</a>
</body>
</html>
Natija
Brauzerlar
Internet Explorer | Edge | Chrome | Opera | Safari | Firefox |
---|---|---|---|---|---|
1 | 12 | 1 | 1.3 | 1 | 1 |
Android | Firefox | Opera | Safari |
---|---|---|---|
1 | 1 | 6 | 1 |