Atribut target

Havola bo’yicha ko’rsatilgan dokumentni qaysi oyna yoki freymda ochilishini belgilaydi.

Odatda brauzer havola bo'yicha o'tilganda, yangi sahifani joriy tabda (vkladkada) ochadi. Brauzerning bu xatti-harakatini <a> elementining target atributi orqali belgilash mumkin.

XHTMLda bu atributni ishlatish mumkin emas.

Sintaksis

<a target="...">...</a>

Qiymatlari

_blank
Sahifani yangi tabda ochadi.
_self
Sahifani joriy tabda ochadi.
_parent
Sahifani bir pog’ona yuqoridagi freymda ochadi. Agar freymlar bo’lmasa _self kabi ishlaydi.
_top
Sahifani freymlarni inobatga olmagan holda, brauzerning joriy oynasida to’liq ochadi. Agar freymlar bo’lmasa _self kabi ishlaydi.

Default qiymati

_self

Misol

<!DOCTYPE HTML>
<html>
 <head>
  <meta charset="utf-8">
  <title>А, atribut target</title>
 </head>
 <body>
  <p><a href="/" target="_blank">Yangi tabda ochish</a></p>
 </body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 2.1 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1