<a>

HTMLda <a> elementi eng muhim elementlardan hisoblanadi va havolalar yaratish uchun ishlatiladi.

Havola yaratish uchun brauzerga havolaning o'zini va havola qilinayotgan dokumentning manzilini ko'rsatish lozim. Manzilni href atributi yordamida ko'rsatiladi.

Sintaksis

<a href="manzil">...</a>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

coords
Havolaning koordinatalarini belgilaydi.
download
Havolada ko’rsatilgan faylni yuklashni taklif qiladi.
href
Havola qilinayotgan dokument manzilini belgilaydi.
hreflang
Havola orqali ko'rsatilayotgan dokument tilini belgilaydi.
name
Joriy dokumentning bir qismi uchun yorliq ismini belgilaydi.
rel
Joriy veb sahifa hamda havolada ko’rsatilayotgan dokumentning o’zaro munosabatlarini belgilaydi.
rev
Joriy sahifaning havola qilinayotgan sahifa uchun ahamiyatini belgilaydi.
shape
Havola vazifasini o’tovchi maydonning shaklini aniqlaydi.
target
Havola bo’yicha ko’rsatilgan dokumentni qaysi oyna yoki freymda ochilishini belgilaydi.
type
Havola qilinayotgan dokument MIME-turini belgilaydi.

Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.

Misol

<!DOCTYPE HTML>
<html>
 <head>
   <meta charset="utf-8">
  <title>А</title>
 </head>
 <body>
  <a href="https://reference.uz">Reference.uz</a>
</body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 1.3 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1