<applet>

<applet> elementi Java tilida yozilga kichik dasturlarni veb-sahifaga joylash uchun ishlatiladi.

Ochuvchi va yopuvchi teglar orasiga matn qo'shish mumkin. Brauzer appletni qabul qilmasa, uning o'rniga ushbu matnni ko'rsatadi.

Sintaksis

<applet code="manzil">Matn</applet>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

align
Appletning yonidagi elementlarga nisbatan tekislanishini belgilaydi.
alt
Atribut alt applet uchun alternativ matnni belgilaydi.
archive
Applet joylashgan ZIP va JAR (Java arxiv) arxivlarning manzilini ko'rsatadi.
code
Java klassli (.class) fayl nomini ko'rsatadi.
codebase
Asosiy (tayanch) manzilni belgilaydi. code atributining qiymati ushbu manzilga nisbatan qabul qilinadi.
height
Appletning balandligini belgilaydi.
hspace
Applet va uning yonidagi kontent orasida gorizontal joy tashlashni belgilaydi.
vspace
Applet va uning yonidagi kontent orasida vertikal joy tashlashni belgilaydi.
width
Appletning kengligini belgilaydi.

Misol

<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN"
  "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">
<html>
 <head>
  <meta http-equiv="Content-Type" content="text/html; charset=utf-8">
  <title>APPLET</title>
 </head>
 <body>
  <p>Hozirgi vaqt: <applet code="applet/Clock.class" width="60" height="10">
    Sizning brauzeringiz Java appletlarini qabul qilmaydi.
  </applet></p>
 </body>
</html>

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
3 12 1 1
Android Firefox Opera Safari