Atribut height

Appletning balandligini belgilaydi.

Qiymatlari foizda yoki pikselda berilishi mumkin. Foizda berilgan taqdirda, appletning o'lchami yuqori element (appletni o'z ichiga oluvchi element) o'lchamiga nisbatan hisoblanadi.

Sintaksis

<applet code="fayl nomi" height="250"></applet>

Qiymatlari

Foizda (50%) yoki pikselda (250) ko'rsatilgan butun musbat son.

Default qiymati

Brauzerlar turlicha default qiymat berishadi. Masalan Internet Explorer — 150 piksel, Firefox — 198 piksel.

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
3 12 1 1
Android Firefox Opera Safari