Atribut href

Havola qilinayotgan dokument manzilini belgilaydi.

href atributi (ingliz tilidan hypertext reference — gipertekst havola) havola bo'yicha o'tish kerak bo'lgan dokument manzilini belgilaydi.

Manzil sifatida istalgan turdagi dokument ko'rsatilishi mumkin, shu sababli havola bo'yicha o'tishning natijasi manzilda ko'rsatilgan faylga bog'liq. Masalan .zip fayl ko'rsatilgan taqdirda brauzer faylni yuklashni taklif qiladi, sahifa ko'rsatilgan bo'lsa, uni ochadi. Odatiy holatda dokument brauzerning joriy oynasida ochiladi. Bu xususiyatni target atributi orqali boshqarish mumkin.

Sintaksis

<a href="manzil">...</a>
<area href="manzil">

Qiymatlari

Veb manzil (URL)

Default qiymati

Yo'q.

Misol

<!DOCTYPE HTML>
<html>
 <head>
  <meta charset="utf-8">
  <title>А, atribut href</title>
 </head>
 <body>
  <p><a href="../../../html/">Nisbiy veb manzil</a></p>
  <p><a href="https://reference.uz/html/">Absolyut veb manzil</a></p>
 </body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 1 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1