<address>

<address> elementi muallif bilan aloqaga chiqish uchun kerak bo'ladigan ma'lumot (manzil, email, telefon raqami, veb-saytiga havola va hokazo)larni saqlaydi.

<address> umumiy holda email manzillarni ko'rsatish uchun ishlatiladi deb tushunmaslik kerak. Faqatgina sahifa, dokument yoki maqola muallifi bilan aloqa bog'lash imkoniyatini beruvchi ma'lumotlarni ko'rsatishda ishlatish o'rinli bo'ladi.

<address> elementini quyidagi hollarda ishlating:

  • Agar <address> elementi <body> elementining ichida joylashgan bo'lsa, undagi ma'lumot butun dokument uchun taaluqli deb hisoblanadi.
  • Agar <address> elementi <article> elementining ichida joylashgan bo'lsa, undagi ma'lumot maqola muallifiga taaluqli deb hisoblanadi.

Odatda brauzerlar <address> elementi keltirgan ma'lumotni kursiv harflar bilan ko'rsatadi.

Sintaksis

<address>Ma'lumot</address>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.

Misol

<!DOCTYPE HTML PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01//EN" 
  "http://www.w3.org/TR/html4/strict.dtd">
 <html>
  <head>
   <meta http-equiv="Content-Type" content="text/html; charset=utf-8">
   <title>address</title>
  </head>
 <body>
   <p>Ushbu resurs muallifi Bahromjon Ibrohimov.</p>
  <address>
    <span>Telegram: <a href="https://t.me/ibrohimov">@ibrohimov</a></span>
  </address>
 </body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 5.12 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1