<body>

<body> (inglizcha body - tana) elementi veb sahifaning bevosita brauzer oynasida ko'rsatiladigan ma'lumotlarini o'z ichiga oladi.

Sahifada ko'rinishi kerak bo'lgan barcha ma'lumotlarni (matn, rasm, skript, boshqa teglar va hk.) elementi ichiga joylanishi kerak.

<body> tegining sahifani ko'rinishini belgilab beradigan atribiutlari mavjud. Masalan rang, shrif, fon kabilarni. Lekin ular hozirda eskirgan bo'lib, bu maqsadda CSS dan foydalaniladi.

Sintaksis

<body>
  ...
</body>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.

Misol

<!DOCTYPE HTML>
<html>
 <head>
  <title>BODY</title>
  <meta charset="utf-8">
 </head>
 <body>
  <p>Yupiter — Quyosh sistemasidagi eng katta, 
  Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi sayyora. 
  Astronomik belgisi S.. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 
  astronom birlik (778,6 mln.km) ga teng .</p>
  <img src="https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/e/e2/Jupiter.jpg" width="300">
 </body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 1 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1