Atribut coords
Havolaning koordinatalarini belgilaydi.
Ushbu atribut <object> elementi ichidagi havolalar uchun ishlatiladi. shape atributi bilan birgalikda havola maydonini hosil qiladi, ya'ni ushbu atributlar yordamida hosil bo'lgan shakl havola vazifasini o'taydi.
<a> elementida ham ishlatish mumkin. Lekin <area> elementida ishlatish tavsiya qilinadi.
Sintaksis
<object usemap="#<identifikator>">
<map name="<identifikator>">
<a href="<manzil>" coords="<koordinatalar>">...</a>
</map>
</object>
Qiymatlari
Koordinatalar to’plami havola maydonining shakli bilan aniqlanadi. Shakl esa shape atributi yordamida belgilanadi. To’g’ri to’rtburchak uchun (shape="rect") ikkita nuqtaning koordinatalari belgilanadi, ya’ni to’rtta qiymat berilishi kerak: (x1, y1) va (x2, y2). Quyidagi rasmga e’tibor bering.
Aylana uchun (shape="circle") uchta qiymat beriladi: aylana markazining koordinatasi (x, y) va aylana radiusi (R). 2-rasmda ko’rishingiz mumkin.
Ko’pburchak uchun (shape="poly") ketma-ketlik bilan har bir burchakning koordinatalari beriladi (x1, y1, x2, y2 va hokazo). 3-rasmga qarang.
Default qiymati
Yo'q.
Brauzerlar
Internet Explorer | Edge | Chrome | Opera | Safari | Firefox |
---|---|---|---|---|---|
4 | 1 |
Android | Firefox | Opera | Safari |
---|---|---|---|
1 | 6 |