<base>
Ushbu element <head>ning ichida ko'rsatiladi va brauzerga ushbu sahifa (dokument)ning nisbiy manzili uchun asosni belgilab beradi.
<base> elementi nisbiy manzillar ishlatilgan sahifa (dokument)lar uchun mo'ljallangan. Brauzer <base> elementini izlaydi va u bor bo'lsa sahifadagi nisbiy manzillarga murojaat qilishda uni hisobga oladi.
Masalan, sahifa murojaat qiladigan fayllar (rasm, .css, .js va hokazo) assets papkasida joylashgan bo'lsa, <base href="https://reference.uz/assets/"> elementini <head> ichiga joylaymiz va rasmga nisbiy manzilni quyidagicha ko'rsatamiz: <img src="images/image1.jpg">. Bu holatda brauzer <base>ni hisobga olgib rasmni yuklash uchun https://reference.uz/assets/images/image1.jpg manziliga murojaat qiladi.
Bundan tashqari <base> yordamida sahifadagi barcha havolalarni qaysi oynada ochilishini belgilash mumkin.
Sintaksis
<head>
<base href="https://reference.uz/assets/">
</head>
Yopuvchi teg
Kerak emas
Atributlar
- href
- Havola qilinayotgan dokument manzilini belgilaydi.
- target
- Havola bo’yicha ko’rsatilgan dokumentni qaysi oyna yoki freymda ochilishini belgilaydi.
Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.
Misol
<!DOCTYPE HTML>
<html>
<head>
<meta charset="utf-8">
<title>base</title>
<base target="_blank">
</head>
<body>
<p><a href="https://google.com">Google</a></p>
<p><a href="https://yandex.com">Yandex</a></p>
</body>
</html>
Natija
Eslatma
Agar bir sahifada bir nechta <base> elementlari bo'lsa, faqat birinchisi inobatga olinadi.
Brauzerlar
Internet Explorer | Edge | Chrome | Opera | Safari | Firefox |
---|---|---|---|---|---|
2 | 12 | 1 | 2 | 1 | 1 |
Android | Firefox | Opera | Safari |
---|---|---|---|
1 | 1 | 6 | 1 |