<button>

Sahifada bosish mumkin bo'lgan tugma yaratadi.

Formalar uchun va boshqa istalgan maqsadda tugma yaratish uchun xizmat qiladi. User agent ishlayotgan platformaga mos stilga ega bo'ladi. Xohishga ko'ra CSS yordamida istalgan qiyofada namoyish etish mumkin. Bundan tashqari <button> ichiga boshqa HTML elementlarni ( masalan rasm) joylash mumkin.

Sintaksis

<button>...</button>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.

Misol

<!doctype html>
<html>
 <head>
  <meta charset="utf-8">
  <title>BUTTON</title>
 </head>
 <body>
  <p style="text-align: center">
    <button>Matnli tugma</button>
    <button>
      <img src="../images/ball.png" alt="Koptok" 
          style="vertical-align: middle"> Rasmli tugma
    </button>
  </p>
 </body>
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
4 12 1 6 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1