<article>

<article> elementi orqali maqola, yangilik, blog yoki forumning postlarini va shunga o'xshash matnlarni belgilash mumkin.

Sahifada bitta maqola bo'lsa, uni <article> elementi bilan belgilanadi. Bir nechta bir-biriga bog'liq bo'lmagan maqolalarni har birini <article> elementi bilan belgilash lozim. Xuddi shunday blogning postlarini, forumdagi xabarlarni, internet magazindagi mahsulotni va shunga o'xshash mustaqil elementlarni har birini <article> elementi bilan belgilash mumkin.

Bundan tashqari <article> elementini ichma-ich ham qo'llash mumkin. Bunda ichki element yuqoridagi elementga ma'no jihatidan bog'langan bo'ladi va shu bilan birga mustaqil ravishda ishlatishga ham yaroqli bo'lishi kerak.

Ushbu elementni ishlatish sahifaning tashqi ko'rinishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi va sezilmaydi. "Shunday ekan tinchgina <div> elementidan foydalanilsa bo'lmaydimi?" degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bo'ladi, albatta, lekin <div> umumiy element bo'lib, u qidiruv tizimlari botlari uchun hech qanday ma'lumot bermaydi. <article> elementini ishlatish orqali, siz yaxlit ma'noga ega, o'z sarlavhasiga ega bo'lgan ma'lumotni taqdim etasiz. Bu esa o'z navbatida saytning sifatini oshiradi.

Sintaksis

<article>
</article>

Yopuvchi teg

Bo’lishi shart

Atributlar

Ushbu element uchun umumiy atributlar va hodisa (event)lar mavjud.

Misol

<!DOCTYPE html>
<html>
 <head>
  <meta charset="utf-8">
  <title>article</title>
 </head> 
 <body>
  <article>
   <h1>Qushlar haqida maqola</h1>
    <p>Qushlar haqida maqolaning matni...</p>
    <article>
     <h2>Qaldirg'ochlar haqida maqola</h2> 
     <p>Qaldirg'ochlar haqida maqolaning matni...</p>
    </article>
    <article>
     <h2>Turnalar haqida maqola</h2>
     <p>Turnalar haqida maqolaning matni...</p>
    </article>
  </article>
 </body> 
</html>

Natija

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
9 12 5 11.10 4.1 4
Android Firefox Opera Safari
2.2 4 11 5