Atribut coords

Rasmdagi kerakli maydonning koordinatalarini belgilaydi.

Ma'lum bir maydonning koordinatalarini belgilaydi. Bu maydon havola sifatida ishlatilishi mumkin.

Sintaksis

<area coords="koordinata 1, koordinata 2, koordinata 3, ...">

Qiymatlari

Koordinatalar to’plami havola maydonining shakli bilan aniqlanadi. Shakl esa shape atributi yordamida belgilanadi. To’g’ri to’rtburchak uchun (shape="rect") ikkita nuqtaning koordinatalari belgilanadi, ya’ni to’rtta qiymat berilishi kerak: (x1, y1) va (x2, y2). Quyidagi rasmga e’tibor bering.

coord
Rasm №1 — To’g’ri to’rtburchak uchun koordinatalar

Aylana uchun (shape="circle") uchta qiymat beriladi: aylana markazining koordinatasi (x, y) va aylana radiusi (R). 2-rasmda ko’rishingiz mumkin.

Ko’pburchak uchun (shape="poly") ketma-ketlik bilan har bir burchakning koordinatalari beriladi (x1, y1, x2, y2 va hokazo). 3-rasmga qarang.

Default qiymati

Yo'q.

Brauzerlar

Internet Explorer Edge Chrome Opera Safari Firefox
1 12 1 3 1 1
Android Firefox Opera Safari
1 1 6 1