Atribut download
Havolada ko’rsatilgan faylni yuklashni taklif qiladi.
Ushbu atribut ko'rsatilgan taqdirda, brauzer havola bo'yicha o'tmaydi va havolana ko'rsatilgan faylni yuklab olishni taklif qiladi.
Sintaksis
<a download>Havola</a>
<a download="matn">Havola</a>
Qiymatlari
Agar download atributi qiymatsiz bo'lsa, fayl yuklab olinganidan so'ng, foydalanuvchining kompyuterida serverdagi nomi bilan saqlanadi. Faylning qanday nom bilan saqlanishini download atributining qiymati orqali belgilash mumkin. Bu holatda fayl foydalanuvchining qurilmasiga download atributining qiymatida ko'rsatilgan nom bilan saqlanadi. Faylning turi saqlanib qoladi. (Masalan: .doc, .zip, .mp3 va hokazo).
Default qiymati
Bu atribut odatiy holatda o'chirilgan bo'ladi.
Misol
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<meta charset="utf-8">
<title>download</title>
</head>
<body>
<p><a href="/files/sample/logo.png">Faylni brauzerda ochish</a>
<p><a href="/files/sample/logo.png" download>Faylni yuklab olish</a>
</body>
</html>
Natija
Brauzerlar
Internet Explorer | Edge | Chrome | Opera | Safari | Firefox |
---|---|---|---|---|---|
13 | 14 | 15 | 20 |
Android | Firefox | Opera | Safari |
---|---|---|---|
4.4 | 20 | 15 |