Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
„Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“
deya taʼkid etadi.