Atribut rel
Joriy veb sahifa hamda havolada ko’rsatilayotgan dokumentning o’zaro munosabatlarini belgilaydi.
Ushbu atrubut ko’pchilik brauzerlar tomonidan qabul qilinmasligiga qaramasdan, internetda unga ko’p marta duch kelishingiz mumkin. Ayniqsa rel="nofollow" qiymatiga. Gap shundaki, rel atributini nafaqat brauzerlar, balki qidiruv tizimlarining robotlariga ko’rsatmalar berish uchun ham qo’llaniladi.
Sintaksis
<a rel="qiymat">...</a>
Qiymatlari
- alternate
- Joriy sahifaning boshqa versiyasini beradi. (Masalan boshqa tildagi).
- author
- Joriy maqola yoki ma’lumotning muallifiga havola qiladi.
- bookmark
- Doimiy havola.
- help
- Yordam beruvchi ma’lumotlarga havola.
- icon
- Joriy dokument belgisini ko’rsatadi.
- license
- Joriy dokument qaysi litsenziya bo’yicha tarqalishini ko’rsatadi.
- next
- Joriy sahifa bir necha qismdan iborat dokumentning bir qismi ekanligini va havola keyingi qismga yo’naltirishini bildiradi.
- nofollow
- Havola bo’yicha ТИЦ va PR berilmasligini ko’rsatadi. Qidiruv tizimlari uchun.
- noreferrer
- Havoladan o’tilgan taqdirda Referer HTTP sarlavhasi jo’natilmasligini talab qiladi.
- prefetch
- Havolada ko’rsatilgan resurs oldindan kesh qilingan bo’lishi kerakligini anglatadi.
- prev
- Joriy sahifa bir necha qismdan iborat dokumentning bir qismi ekanligini va havola oldingi qismga yo’naltirishini bildiradi.
- search
- Joriy dokument bo’yicha izlash imkonini beradigan resursga havola qiladi.
- stylesheet
- CSS import qiladi.
- tag
- Yorlig’ (tag) joriy dokumentga aloqasi borligini bildiradi.
Default qiymati
Yo'q.
Misol
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<meta charset="utf-8">
<title>А, atribut rel</title>
</head>
<body>
<p><a href="https://reference.uz" rel="nofollow">Reklamali havola</a></p>
</body>
</html>
Natija
Brauzerlar
Internet Explorer | Edge | Chrome | Opera | Safari | Firefox |
---|---|---|---|---|---|
10.50 | 4 |
Android | Firefox | Opera | Safari |
---|---|---|---|
4 | 11 |